Yangiliklar

img
Fri, 05/08/2026 - 16:14

O‘tmish saboqlari va tarixiy xotira

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek mida talabalar mamlakat tarixining murakkab va sinovli sahifalaridan biri — qatag‘on davri bilan bog‘liq tarixiy manbalar, arxiv materiallari hamda noyob hujjatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Muzey ekskursiyasi davomida talabalarga XX asrning og‘ir siyosiy sharoiti, o‘sha davrda ziyolilar, ijodkorlar va davlat tizimida faoliyat yuritgan ko‘plab insonlar boshidan kechirgan sinovlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar qatag‘on yillarida nafaqat shoir va yozuvchilar, balki prokuratura tizimi xodimlari ham turli bosim, tazyiq va nohaq ayblovlarga duch kelganini aks ettiruvchi tarixiy dalillar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida qatag‘on davriga oid fotosuratlar, sud hujjatlari, arxiv ma’lumotlari hamda o‘sha yillarga tegishli boshqa eksponatlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, o‘zbek prokurorlarining adolatni himoya qilish yo‘lida qatag‘on qurbonlarini qo‘llab-quvvatlashga uringani, imkon qadar begunoh insonlarni himoya qilishga intilgani haqidagi ma’lumotlar yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Talabalarda katta taassurot qoldirgan jihatlardan yana biri — prokuror Mirzo Qo‘qonboy Abduxalikovning uyida atoqli jadid adibi Cho‘lpon yashagani va aynan shu maskanda o‘zining nodir asarlarini yaratgani haqidagi tarixiy ma’lumot bo‘ldi. Ushbu fakt o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkuri tarixida muhim o‘rin tutgan ijodkorlarning hayoti qanchalik murakkab sharoitlarda kechganini yana bir bor namoyon etdi.

 

Muzey mutaxassislari tomonidan berilgan ma’lumotlar orqali talabalar qatag‘on davrining xalqimiz ma’naviy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri, milliy ziyolilar taqdiri hamda tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi bugungi sa’y-harakatlar haqida ham batafsil tasavvurga ega bo‘ldilar.

 

Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, talabalar o‘tmish saboqlarini chuqurroq anglash, milliy merosni qadrlash hamda adolat va haqiqat tushunchalarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida muhim xulosalar chiqardilar.