Yangiliklar

img
Fri, 03/13/2026 - 01:40

OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati

2026-yil 12-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan yuborilgan reja-jadval asosida o‘tkazildi.

Tadbir Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda markaz vrachi Mirzayeva Muqaddam Mavlyanovna ishtirok etdi. Mutaxassis talaba-yoshlarga OIV infeksiyasi, uning yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Davra suhbati davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilib, kerakli tavsiya va tushuntirishlarni oldilar.

Tadbir jarayonida OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, talabalarning tibbiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun foydali va mazmunli bo‘lib, ularning sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini yanada boyitdi.