Yangiliklar

img
Mon, 05/04/2026 - 18:20

Navoiy merosi va Hirot adabiy muhiti

2026-yil 4-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida masofaviy texnologiyalar asosida ilmiy seminar tashkil etildi. Tadbir bir yilga mo‘ljallangan reja-jadval doirasida o‘tkazilib, unda mahorat darslari, seminar-treninglar, tematik vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Seminarda Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Elmira Hazratqulova “Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi – Hirot adabiy muhiti ko‘zgusi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida tazkiranavislik an’analari, Alisher Navoiyning mazkur asardagi ustun jihatlari va o‘ziga xos uslublari batafsil tahlil etildi. Shuningdek, Hirot adabiy muhitining gullab-yashnashida Navoiy shaxsining beqiyos o‘rni, uning ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlari aniq misollar asosida yoritib berildi.

Ma’ruzada XV asr Hirot adabiy muhiti yuksalish davri sifatida tavsiflanib, bu davrda mingdan ortiq ijodkor faoliyat yuritgani tarixiy manbalar asosida dalillandi. Xususan, Husayn Boyqaro va Zahiriddin Muhammad Boburning qarashlari bu borada muhim manba sifatida qayd etildi.

 

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.