Yangiliklar

img
Wed, 03/04/2026 - 17:32

Mustaqil izlanuvchilikka qabul natijalari

2026-yil 4-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga mustaqil izlanuvchilik asosida hujjat topshirgan talabgorlar uchun qabul suhbati o‘tkazildi.

Mazkur suhbat oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy tadqiqot faoliyatiga qiziqish bildirayotgan mutaxassislarni saralash hamda ularning ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlarini baholash maqsadida tashkil etildi. Suhbat jarayonida talabgorlarning ilmiy tayyorgarlik darajasi, tanlagan tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ilmiy rejalari hamda mustaqil ilmiy faoliyatni olib borish salohiyati mutaxassislar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qabul suhbati davomida talabgorlar o‘z tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha rejalashtirilgan ilmiy izlanishlari, tanlangan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, kelgusidagi ilmiy faoliyat istiqbollari haqida ma’lumot berdilar. Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan berilgan savollar orqali talabgorlarning ilmiy fikrlash darajasi, metodologik yondashuvi va tadqiqot olib borish ko‘nikmalari baholandi.

Mazkur jarayon oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida sifatli ilmiy kadrlar tayyorlash, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Quyida mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Natijalar bilan tanishing

Qabula jarayonidan lavhalar