Yangiliklar

img
Wed, 04/24/2024 - 20:24

Milliy qadriyatlar festivali davom etmoqda

Yurtimizning barcha go'shalarda keng quloch yoygan Milliy qadriyatlar festivalining navbatdagi kuni ham esda qolarli voqealarga boy bo'ldi. Talabalarimiz tomonidan Adiblar xiyobonida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mushoira tashkil etildi. Talabalar mushoirasi bahru-bayt musobaqasiga ulandi. 
Festival kuy-qoʻshiqsiz boʻlmaydi, albatta. Talabalar ijrosidagi milliy raqslar, lapar ijrolari barchaga birdek manzur boʻladi.
“Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasi ham yoshlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.