Yangiliklar

img
Tue, 05/17/2022 - 18:54

Maxsus haftalik tanlovlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 6 yilligi munosabati bilan maxsus haftalik tanlovlar eʼlon qilindi.

Mazkur haftalik tanlovlari qizg'in davom etmoqda.

Joriy yilning 17-may kuni universitetimizda "Moʻyqalam sehri" rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlovda universitet fakultetlarining barcha kurslaridan 30 ga yaqin talaba ishtirok etdi. Talabalarga namuna sifatida rasm taqdim etildi va ular A4 formatdagi qogʻozga tasavvuridagi rasmni chizishdi.

Tanlov natijalari 24-may kuni eʼlon qilinadi. Mukofotlar gʻoliblarga tantanali nishonlash marosimida topshiriladi.