Yangiliklar

img
Mon, 07/27/2026 - 15:43

Malaka oshirish markazi faoliyati

So‘nggi yillarda milliy armiyani isloh qilish, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning hayotiy va professional ko‘nikmalarini ilm-ma’rifat asosida shakllantirish, ularning bilimlarini oshirish hamda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalarida tizimli muammolar hali ham saqlanib qolmoqda.

Bugungi kunda asosiy vazifalar qatoriga harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlar asosida dunyoqarashini shakllantirish, burchga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini oshirish kiradi. Shuningdek, milliy merosning tarixiy ildizlarini o‘rganish, buyuk ajdodlarning ibratli hayotini targ‘ib etish orqali «O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!» degan e’tiqodni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

Dinning asl mazmun-mohiyatini ochib berish, insonparvarlik, mehr-oqibat, halollik va sog‘lom turmush tarzini singdirish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Prezident farmonlari va qarorlarida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish vazifalarini bajarish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yetarli ilmiy salohiyat va moddiy-texnik baza mavjud.

 

Shu sababli universitet va Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi shartnoma asosida ofitserlar uchun ishdan ajralgan holda 72 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi. Kurs yakunida imtihon komissiyasi tuzilib, 65 va undan yuqori ball to‘plagan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

Joriy yilning 17–25-iyul kunlari 30 nafar ofitser 14 kunlik kursni muvaffaqiyatli yakunladi. Ular yakuniy imtihonlardan yuqori natijalar ko‘rsatib, kurs rahbari M. Xurramov va tegishli bo‘lim rahbarlari ishtirokida tantanali ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.