Yangiliklar

img
Fri, 05/08/2026 - 19:30

Ko‘rinmas inqiroz va zamonaviy jamiyat muammolari muhokama markazida

2026 yil 8-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Psixologiya va sotsiologiya” kafedrasi tomonidan “Psixologiya” hamda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalari uchun “Ko‘rinmas inqiroz: o‘zgarayotgan jamiyatda ishonch, psixologik xavfsizlik va ijtimoiy moslashuv” mavzusida ochiq ma’ruza va muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbir talabalarning taklifi asosida tashkil etilib, unda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Shaxs va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi laboratoriyasi mudiri, psixologiya fanlari doktori Ziyodaxon Rasulova ishtirok etdi.

Ma’ruza davomida zamonaviy jamiyatda uchrayotgan ko‘rinmas inqirozlar, psixologik va ontologik xavfsizlik, ijtimoiy muhitlarning inson ruhiyatiga ta’siri kabi dolzarb masalalar atroflicha yoritildi. Mavzular oila, mahalla hamda ta’lim tizimi kontekstida ilmiy tahlil qilinib, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va moslashuv jarayonlari haqida muhim fikrlar bildirildi.

Ochiq muloqot talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, savol-javoblar hamda bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassis bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar yoshlarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish, ularni mustaqil izlanishga yo‘naltirish hamda dolzarb ijtimoiy-psixologik muammolarni chuqur anglashida muhim ahamiyat kasb etadi.