“Kelajak soati”: kitobxonlikka e’tibor
2026-yil 16-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Kelajak soati” darslari doirasida 30-mavzu — “Kitobxonlik” yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tilavov Abdumurod Xolmuratovich tomonidan mazmunli ma’ruza qilinib, kitobxonlikning shaxs kamoloti, tafakkur rivoji hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni keng yoritib berildi. U o‘z nutqida kitob mutolaasining inson dunyoqarashini kengaytirishdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida talabalar bilan faol muloqot o‘rnatilib, savol-javoblar tashkil etildi. Xususan, “Zamonaviy jamiyatda qaysi inson ustun — ko‘p ma’lumot yodlaganmi yoki uni tahlil qila oladiganmi?” kabi dolzarb savollar yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar olib borildi. Talabalar o‘z fikr va qarashlarini erkin bayon etib, tahliliy fikrlashning ahamiyati haqida o‘z xulosalarini bildirdilar.
Shuningdek, mashg‘ulotda kitob va yozuvning insoniyat tarixidagi o‘rni, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Mashg‘ulot yakunida talabalar kitobxonlik madaniyatining ahamiyatini yanada chuqurroq anglab, muntazam mutolaa qilish zarurligini e’tirof etdilar.


