Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi !

img

      Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek filologiyasi fakulteti tarkibida 2021-yilning 6-sentabrida universitet rektorining №01-299-buyrug‘i asosida   tashkil etilgan.  Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi jahon xalqlari adabiyotining manbalari, tarixiy davrlari, bosqichlari, adabiy metodlari, oqimlari, tur va janrlari, yetakchi adabiy siymolari, ularning yuksak badiiyatga ega asarlari, badiiy xususiyatlari, ijodkor uslubiy mahorati masalalarini bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga mukammal ilmiy metodologiya asosida, metodik jihatdan mukammal tarzda yetkazish, shuningdek, umumbashariy adabiy-nazariy tafakkur, adabiy tanqid, badiiy tafakkur tarixi, tadriji, umumjahon adabiyotshunosligi kriteriylari, adabiyotshunoslikning boshqa gumanitar, tabiiy va aniq fanlar bilan uzviy munosabatini oʻrganishni maqsad qilgan.

Kafedra mudirifilologiya fanlari doktori, professor Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich

Kafedra tarkibi:  2 nafar fan doktori, 3 falsafa fanlari doktori (PhD), 4 nafar o‘qituvchi

Kafedraning ilmiy salohiyati: 57%

Kafedra magistratura yo'nalishlari: Adabiyotshunoslik (jahon adabiyoti)

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Sharq va gʻarb adabiyoti tarixi va buguniga doir adabiy manbalarni tasniflash;
  • Jahon adabiyoti tarixini adabiy, ilmiy, nazariy manbalar va badiiy-estetik hodisalar tabiatiga koʻra davrlashtirish;  
  • Jahon adabiyoti namunalari asosida XVII asrda shakllanish bosqichiga kirib, XXI asrga qadar davom etib kelayotgan adabiy oqim, ijodiy metodlar tarixi, mohiyati va tabiatini oʻrgatish;
  • Jahon adiblari mansub adabiy-tarixiy muhit, ularning biografiyalari haqida maʼlumot berish, asarlari, badiiy kashfiyotlarini aniq ilmiy metodologiya, nazariy mezonlar asosida tahliliy koʻrsatish;
  • Ijodkor badiiy mahorati, badiiy uslubi muammolarini qiyosiy planda yoritish;
  • Jahon xalqlari adabiy-estetik tafakkuri tarixini tadrijiylik tamoyili, vakillari, yetakchi ilmiy-estetik mezonlarini aniqlashtirish;
  • Jahon adabiyotshunosligini adabiyot tarixi, adabiy tanqidi tarixi, ilmiy-nazariy mezonlari doirasida yoritib berish;
  • Universal adabiyotshunoslik tushunchasi, uning jahon xalqlari estetik tafakkurini oʻrganishdagi ahamiyati, adabiyotshunoslik va boshqa gumanitar, tabiiy, aniq fanlar bilan tarixiy, tadrijiy munosabatini kompleks oʻrganish;
  • Zamonaviy gʻarb va sharq adabiyotini qiyoslash negizida bugungi yosh avlodni umumbashariy maʼrifat, maʼnaviy mezonlar asosida tarbiyalash.         

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Qiyosiy adabiyotshunoslik (60230100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili))
Qiyosiy adabiyotshunoslik (5120111-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili))
Adabiyot nazariyasi (60230200- Теория и практика перевода)
Adabiyot nazariyasi (60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Jahon adabiyoti (5111200- O'zbek tili va adabiyoti)
Jahon adabiyoti (5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Jahon adabiyoti (5111200- O'zbek tili va adabiyoti (sirtqi ta'lim))
Jahon adabiyoti (60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz))
Jahon adabiyoti (60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz))
O'zbek adabiyoti (60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti)