Yangiliklar

img
Sat, 05/27/2023 - 15:27

Inklyuziv ta'lim

O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida OTMlarda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun alohida shart-sharoitlar yaratish, ular jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun aniq mexanizm asosida ish olib borishni ham o‘z zimmasiga olgan. OTMlarga kirishda imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun alohida kvota ajratilgan. 
2022/2023 o‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 25 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar talabalikka qabul qilindi. Universitetda ularning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 
Nogironligi bor shaxslar turli tarafdan imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin. Oyog‘i yoki qo‘li ishlamaydigan yoshlar o‘qishga borishga, mustaqil harakatlanishga qiynaladi,  ko‘zi ojiz yoki etishda nuqsoni bor talabalar uchun esa mutolaa masalasida, elektron ta’limdan foydalanishda qator muammolar o‘rtaga chiqadi. Bu jihatdan ham qilingan ishlar ancha salmoqli, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti misolida aytadigan bo‘lsak, yosh olima Munavvara Qurbonova rahbarligida  sun’iy intellekt asosida birinchi o‘zbek nutq sintezatori yaratildi. Dastur ko‘zi ojizlarga o‘zbekcha matn bilan ishlashi uchun mo‘ljallangan.  
Universitetda nogironlik aravachasida erkin harakatlanish harakatlanish va ta'lim olish uchun barcha xavfsizlik choralari ko'rilgan. Ular doimo universitet rahbariyati nazoratida.  
Bir so‘z bilan aytganda, universitetda imkoniyati cheklangan talabalarni  ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.