Yangiliklar

img
Fri, 07/24/2026 - 14:31

Har oyning oxirgi juma kuni “Qogʻozsiz kun” ekoaksiyasi oʻtkaziladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida ish jarayonlarini raqamlashtirish, qogʻoz sarfini kamaytirish hamda ekologik masʼuliyatni yanada kuchaytirish maqsadida har oyning oxirgi juma kuni “Qogʻozsiz kun” ekoaksiyasi oʻtkazib boriladi.

Mazkur tashabbus universitet rektorining 2026-yil 12-maydagi “Universitet faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qogʻozdan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 01-138-son buyrugʻi asosida joriy etilgan. Buyruq bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qarori hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 27-apreldagi 163-son buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanishi nazarda tutilgan. 01-138-son buyruq.pdf

Buyruqqa muvofiq, universitetning barcha tarkibiy boʻlinmalarida ichki xizmat yozishmalari, buyruqlar, yigʻilish bayonnomalari va hisobotlarni toʻliq elektron shaklda yuritish, printerlarda ikki tomonlama chop etish tartibini majburiy joriy etish, qayta ishlangan qogʻoz mahsulotlaridan foydalanishni kengaytirish hamda har oyning oxirgi juma kunida “Qogʻozsiz kun” ekoaksiyasini oʻtkazish belgilangan. Ushbu kunda hujjatlar almashinuvi toʻliq elektron shaklda amalga oshiriladi. 01-138-son buyruq.pdf

“Qogʻozsiz kun” tashabbusi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlarini keng qoʻllash, ish jarayonlari samaradorligini oshirish hamda universitetda ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur ekoaksiyada universitet jamoasi faol ishtirok etishga chorlanadi.