Globallashuv davrida yoshlar ma’naviyati
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o’zbek tili va adbiyoti Universiteti “”Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Mazkur tadbir globallashuv jarayonlari sharoitida yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, ularning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash hamda zamonaviy mafkuraviy tahdidlarga qarshi barqaror immunitetni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbirni ochib bergan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Normurodova Nozliya Zarilovna o‘z nutqida globallashuv davrida yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish masalasining dolzarbligini alohida ta’kidladi. Tadbirni kirish so’zini “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori, v.b. dotsent Abdurazakova Kamolaxon Yusupovna davom ettirdilar. Konferensiyaga O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix instituti bosh ilmiy xodimi, Tarix fanlari doktori, professor Rajabov Qahramon Kenjayevich, O‘zbekiston Milliy Universiteti professori, Siyosiy fanlari doktori Omonov Baxtiyor Axtamovich, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori, Falsafa fanlari doktori Amriddinova Dilrabo Tursunovna, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari Raxmonov Abdukamol Shodiyevich, Toshkent davlat Iqtisodiyot unversiteti professori, Siyosiy fanlari doktori Kuchkarov Vahob Xoshimovich, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti professori, Falsafa fanlari doktori Nazarov Nasriddin Atakulovich, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktorining xalqarolashtirish, samarali boshqarish va taʼlim sifatini taʼminlash boʼyicha maslahatchisi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Djumaniyazov Umrbek Ilxamovich, Toshkent amaliy fanlar universiteti v.b. professori, Falsafa fanlari doktori Sultonova Nodira Ergashovna, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti, Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar mutaxasisligi magistri Rana Shirzad ma’ruza o’qidilar.

Konferensiya doirasida globallashuv jarayonlari va yoshlar dunyoqarashining transformatsiyasi, zamonaviy ma’naviy tahdidlar va ularning profilaktikasi, raqamli madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri hamda milliy qadriyatlar va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unligi kabi muhim yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglandi.
Ma’ruzalar ilmiy asoslanganligi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi. Tadbir davomida tashkil etilgan munozaralar jarayonida ishtirokchilar tomonidan yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishga oid dolzarb muammolar muhoka,ma qilinib, ularning yechimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Konferensiya yakunida globallashuvning yoshlar ma’naviyatiga ko‘p qirrali ta’siri, ta’lim muassasalarining bu boradagi o‘rni, raqamli axborot makonidan oqilona foydalanish zarurati hamda milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirish masalalari alohida qayd etildi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya yoshlar ma’naviy rivojiga oid muammolarni chuqur tahlil qilish va ularning yechimiga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.

