“Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish”ga qaratilgan keng qamrovli tezkor-profilaktik oylik doirasida tashkil etildi. Davra suhbatining asosiy maqsadi yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari haqida keng tushuncha berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqot va savol-javoblar asosida o‘tkazilgan davra suhbatida talabalarning mavzuga bo‘lgan faolligi alohida qayd etildi.
Davra suhbatida IIV Kriminologiya tadqiqot instituti rahbari A’zamxodjayev Shuhrat hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tumani bo‘limi rahbari Fozilov Ramiz ma’ruzalari bilan ishtirok etib, yoshlarni sog‘lom hayot tarziga amal qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chorlashdi.



