Yangiliklar

img
Fri, 03/17/2023 - 10:25

Germaniyaning nufuzli universiteti bilan yangi loyiha amalga oshiriladi

Universitetimiz Yevropa  ittifoqining "Erasmus" loyihalarini bajarish bo‘yicha yaxshi tajribaga ega.  Shu kungacha ustozlarimiz tomonidan 8 ta xalqaro loyiha amalga oshirilgan.  Ijobiy ko‘rsatkichlar hamkorlarimizning universitetimizga yangi loyihalar uchun sheriklik takliflari bildirishlariga asosdir.  Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Germaniyaning Humbolt universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘zbek tili o‘qituvchisi Ayfer Durdu mehmon bo‘ldi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Erasmusning akademik mobillikka asoslangan yangi loyihasini hamkorlikda amalga oshirishdan iborat. Qolaversa, O‘zbekistonga keladigan germaniyalik tadqiqotchi va talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatish va moslashuv davrini o‘tkazish aynan bizning universitetga taklif etilmoqda.


Bu hamkorlik iqtidorli talabalarimizning Germaniyada stajirovka o‘tashlarini va germaniyalik yoshlarni O‘zbekistonda tahsil olishlarini kafolatlaydi.  Qolaversa, professor o‘qituvchilar,  tadqiqotchilarimiz uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi.  
Shuningdek, xorijliklarga o‘zbek tili va madaniyatini o‘rgatish hamda targ‘ib etish bo‘yicha universitetimiz missiyasini amalga oshirishda ham katta qadam bo‘ladi.