Ezgu tashabbus
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan milliy qadriyatlarimizga hamohang tarzda xayriya dasturxoni yozildi.
Mazkur xayriya tadbirida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Qadriyatlarimizga xos ezgulik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik g‘oyalarini tarannum etuvchi ushbu tadbirda ustoz va talabalar bir dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.
Tadbir davomida milliy urf-odatlarimizning ma’naviy-axloqiy ahamiyati, inson qalbini poklash, sabr-toqat, saxovat va o‘zaro hurmat kabi qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar ularni milliy an’analar va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar va ustozlarga ehson dasturxoni yozilib, samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va duolar bilan davom etdi. Mazkur tadbir universitet jamoasi o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


