Erkin Aʼzam bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Tafakkur” jurnalining bosh muharriri Erkin Aʼzam bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli va samimiy ruhda o‘tgan tadbirda sirtqi bo‘lim 4-kurs talabalari, Masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari hamda yozuvchining ko‘plab muxlislari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida adib talabalar va ustozlar bilan hozirgi adabiy jarayon, ijod laboratoriyasi, asarlarining hayotiy asoslari hamda ularning ekranlashtirilishi masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar yozuvchiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Erkin Aʼzam esa ijodiy faoliyati, asarlarining yaratilish jarayoni va adabiyotning bugungi rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil so‘zlab berdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv talabalarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

