Yangiliklar

img
Mon, 05/29/2023 - 17:48

Dolzarb mavzularda ilmiy mulohazalar

2023-yil 29-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida navbatdagi nazariy-metodologik seminar bo'lib  o'tdi. Seminarda f.f.n.,dotsent Tozagul Matyoqubova "Alisher Navoiydan ijodiy bahramandlik" mavzusida G'.G'ulom she'riyatiga Navoiyning ta'siri, f.f.n., dotsent Abdumurod Tilavov "O'zbek folklorining Turkiyada o'rganilishi" mavzusida o'zbek folklor namunalari Turkiyada keng ko'lamda o'rganilayotgani, xususan, Fikrat Turkman va shogirdlari tomonidan qilingan tadqiqotlar ahamiyati, f.f.f.d., Dilafro'z Muhammadiyeva "Boburnoma"ning elektron korpusini yaratish tamoyillari" ma'ruzasida "Boburnoma"ning qo'lyozma nusxalari, qilingan tadqiqotlar, lotin yozuvidagi transkripsiyasi, tabdilini o'z ichiga olgan milliy elektron korpusini yaratish va bunda M.Polo bo'yicha qilingan platformaning tamoyillariga asoslanish, f.f.f.d., Manzura Shamsiyeva "O'zbek tilida presuppozitsiyaning ifodalanishi" mavzusida o'zbek tilida bunday tadqiqotlar yo'qligi, lekin o'zbek tilida ham shunday tadqiqotlarga qo'l urish kerakligini ta'kidlashdi. Mazkur masala yuzasidan so'zga chiqqan f.f.d., professor Uzoq Jo'raqulov, f.f.d., Baxtiyor Abdushukurovlar fikr-mulohazalarini bildirdi. Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari, tayanch doktorantlar, yosh tadqiqotchilar qatnashdi. Qizg'in bahs-munozara tarzida o'tgan seminar seminar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.