Yangiliklar

img
Wed, 02/11/2026 - 16:55

Buyuk ajdodlar merosi – ma’naviy taraqqiyot poydevori

Oliy ta’lim muassasasida “Kelajak soati” loyihasi doirasida 22-mavzu — “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida mazmunli va ilmiy asoslangan mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Darsning asosiy maqsadi talabalarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, boy ijodiy merosi hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyatini chuqur tahlil qilish orqali ularning milliy va jahon madaniyati taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini anglatishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida buyuk ajdodlarimizning adabiyot, davlat boshqaruvi, ma’naviyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy dalillar asosida yoritib berildi.

Shuningdek, talabalarda ajdodlar merosiga hurmat va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ma’naviy yetuklik hamda fuqarolik ongini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot davomida professor Marg‘uba Abdullayeva mazmunli ma’ruza qildi. Uning ilmiy asoslangan tahlillari, tarixiy manbalarga tayangan izohlari hamda qiyosiy yondashuvlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va faol muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

“Kelajak soati” darsidan olingan lavhalar nafaqat mazkur auditoriyada, balki boshqa o‘quv xonalarida ham namoyish etildi. Bu esa mavzuning dolzarbligi va talabalarning yuqori qiziqishini yana bir bor tasdiqladi.

 

Mashg‘ulot yakunida buyuk ajdodlar merosi kelajak avlodning ma’naviy tayanchi ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.