Yangiliklar

img
Sat, 04/27/2024 - 11:57

Bo'lajak psixologlar uchun navbatdagi mahorat darsi

Universitetimiz Amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun respublikamizning taniqli psixologlari turkum mahorat darslari tashkil etib boriladi. Xuddi shunday mahorat darsi universitetimiz “Amaliy psixologiya” yo‘nalishi talabalari va professor –o‘qituvchilari uchun mazkur yilning 25- aprel sanasida tashkil etildi. U zamonaviy amaliy psixologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi. Mahorat darsida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori Alimov Xo‘jageldi Mustafoyevich “Malik Badriy va zamonaviy psixologiya muammolari” yuzasidan ma’ruza qildi.
Amaliy psixologiyadagi asosiy muammolardan biri sharqu g‘arb psixologiyasi va ular o‘rtasidagi farqlar muhokamasi munozaralar markazidagi masala bo‘ldi.