Yangiliklar

img
Mon, 12/13/2021 - 00:22

Besh tashabbus amalda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ana shu besh tashabbus amaliy natijasini ko‘rsatayotgan porloq maskandir. Shu kunga qadar universitetda talaba qizlar uchun tikuvchilik, pazandachilik to‘garaklari maxsus jihozlangan xonalarda tashkil etilgan, Abro‘ san’ati va rassomlik to‘garaklari iqtidorli talabalarga o‘z quchog‘ini ochgan. San’atsevar talabalar uchun “Navoiy vorislari” nomli talabalar teatr studiyasi, musiqa to‘garaklari faoliyatini boshlagan. Kuni kecha esa universitetda “Ona va bola xonasi” hamda talaba qizlar uchun “Go‘zallik va nafosat” to‘garaklari o‘z ishini boshladi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro OTM maqomini qo‘lga kiritish yo‘lida jadal odimlamoqda, bugungi kunda universitetning 50 dan ortiq xalqaro hamkorlari mavjud. Har bir talabamiz o‘zining tashqi va ichki dunyosining go‘zalligi, dunyoqarashining kengligi bilan xorijlik mehmonlarda iliq taassurot uyg‘otishi muhimdir.
Universitet kampusi yaxlit holda talabalarning jamiki istaklariga mos qulayliklarga ega