Yangiliklar

img
Thu, 03/07/2024 - 22:08

Ayol borki, olam munavvar

Xalqimiz azaldan go'zallik timsoli bo'lgan mo'tabar onalarimiz bilan dilbar qizlarga alohida hurmat ehtirom ko'rsatib kelgan. Joriy yilning 7-mart kuni Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlab tantanali tadbir bo'lib o'tdi.  
Erta tongdan universitet talaba yigitlari va xodimlari ayollarni go‘zal gullar,  betakror tabriknomalar bilan musiqalar jo‘rligida kutib olishdi. Universitetda faoliyat yuritib kelayotgan va uning rivoji yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan ayollar uchun tashkil etilgan tadbirda yurtimizda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, mavqeyi oshib borayotganligi alohida aytib o‘tildi. Tadbir davomida soʻz olganlar yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishdek mas'uliyatli soha rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. 
Talabalar tomonidan tayyorlagan bayramona tadbir barcha birdek koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.