Yangiliklar

img
Fri, 03/06/2026 - 19:46

Anqaradagi turkologiya kongresida ToshDO‘TAU vakili ishtirok etdi

Anqara shahrida Turk Tarix va Madaniyat Vaqfi tomonidan turkologiya kongresi o‘tkazildi. Mazkur anjuman 1926-yilda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan tarixiy Boku Turkologiya kongresining 100 yilligiga bag‘ishlandi.

 

Kongresda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdumurod Tilovov ham ishtirok etdi. Olim anjumanda ma’ruza bilan qatnashib, turkologiya ilmining dolzarb masalalari hamda turkiy xalqlar adabiy-madaniy merosini o‘rganish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Tadbir doirasida Turk Tarix va Madaniyat Vaqfi rahbariga universitetimiz ustozlari tomonidan nashrga tayyorlangan kitoblar taqdim etildi. Xususan, universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovning so‘zboshisi bilan chop etilgan Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” va “Nazmul javohir” asarlarining hozirgi o‘zbek tilidagi bayoni kongres qatnashchilariga tanishtirildi.

 

Mazkur nashrlar buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning boy ilmiy-adabiy merosini keng targ‘ib etish hamda turkiy xalqlar o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.