Процесс получения визы

photo

Yangi shaharga ko‘chib o‘tish jarayoni har doim mashshaqatli kechadi. Ammo ToshDO‘TAU xalqaro bo‘limi jamoasi bu jarayonlarni yengillashtirish uchun chet el talabalari va mehmonlarga yordamga doimo shay. Hozirgi kunda universitetimiz 10 dan ortiq millat vakillari o‘qimoqda va bu jarayonda ularga ko‘maklashadigan kuchli mentorlike xizmati tashkil etilgan. 

O‘zbekiston vizasiga talabgorlar qayerga murojaat qilishlari kerak?

Viza talabgorlari o‘z vatanidagi O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qilishlari mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, viza uchun talab qilinadigan hujjatlar va viza to‘lovlari miqdori talabgor fuqaroligi hamda u murojaat qilgan davlatga qarab farq qilishi mumkin. Viza turlari va qiymatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Aeroportda viza olish

Agar talabgor mamlakatida Ozbekiston elchixonasi yoki konsulligi mavjud bolmasa, viza Toshkent xalqaro aeroportining xalqaro qabulxonasida olinishi mumkin.

Xalqaro talabalar vizasini olish uchun rasmiy viza anketasini evisa.mfa.uz saytidan yuklab olishlari mumkin. Bu anketa O‘zbekistonning barcha elchixonalari va konsulliklari uchun amal qiladi.

Viza olish uchun ariza shakli saytda joylashitirilgan.

Talabalik vizasi dasturiga talablar:

• Onlayn anketa orqali Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga hujjat topshirish

 • O‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi xatni qabul qilish

• Rasmiy viza anketasini to‘ldirish

• Viza olish uchun to‘lovni amalga oshirish

Viza talabnomasi bo‘yicha natijani ushbu saytdan olishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish va bojxona

O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik qo‘llanmasining muhim qismi – bu vaqtinchalik yashash manzilida ro‘yhatdan o‘tish; Barcha Chet el talabalari O‘zbekistonga yetib kelishlari bilan tegishli immigratsiya idoralarida 72 soat ichida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bundan tashqari, bojxona xodimlari kelish va ketish vaqtida deklaratsiya shaklini talab qiladi.

Yangi shaharga ko‘chib o‘tish jarayoni har doim mashshaqatli kechadi. Ammo ToshDO‘TAU xalqaro bo‘limi jamoasi bu jarayonlarni yengillashtirish uchun chet el talabalari va mehmonlarga yordamga doimo shay. Hozirgi kunda universitetimiz 10 dan ortiq millat vakillari o‘qimoqda va bu jarayonda ularga ko‘maklashadigan kuchli mentorlike xizmati tashkil etilgan.

O‘zbekiston vizasiga talabgorlar qayerga murojaat qilishlari kerak?

Viza talabgorlari o‘z vatanidagi O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qilishlari mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, viza uchun talab qilinadigan hujjatlar va viza to‘lovlari miqdori talabgor fuqaroligi hamda u murojaat qilgan davlatga qarab farq qilishi mumkin. Viza turlari va qiymatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumki.

Aeroportda viza olish

Agar talabgor mamlakatida O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligi mavjud bo‘lmasa, viza Toshkent xalqaro aeroportining xalqaro qabulxonasida olinishi mumkin.

Xalqaro talabalar vizasini olish uchun rasmiy viza anketasini evisa.mfa.uz saytidan yuklab olishlari mumkin. Bu anketa O‘zbekistonning barcha elchixonalari va konsulliklari uchun amal qiladi.

Viza talabnomasi bo‘yicha natijani ushbu saytdan olishingiz mumkin.

Viza olish uchun ariza shakli saytda joylashitirilgan.

Ro‘yxatdan o‘tish va bojxona

O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik qo‘llanmasining muhim qismi – bu vaqtinchalik yashash manzilida ro‘yhatdan o‘tish; Barcha chet el fuqarolari O‘zbekistonga yetib kelishlari bilan tegishli immigratsiya idoralarida 72 soat ichida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bundan tashqari, bojxona xodimlari kelish va ketish vaqtida deklaratsiya shaklini talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta xizmatlarini taklif qiluvchi turli xil korxonalar mavjud. Viza talabgori davlatini tark etishidan oldin o‘z mamlakatida muayyan sug‘urta paketini sotib olishlari kerak.

O‘zbekistonga kirib keluvchi barcha xorijiy fuqarolar topshirilgan vaqti 72 soatdan oshmagan manfiy COVID natijasiga ega bo‘lgan ma’lumotnomaga taqdim etishlari shart. Aks holda, kelgan fuqaro 72 soat ichida PSR tekshiruvidan o‘tishi shart.