Научно-технический совет
Ilmiy-texnikaviy kengash faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari
ITK ni tashkil etishning asosiy maqsadi:
- universitetda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali boshqarishni muvofiqlashtirish;
- ilmiy faoliyatga oid turli tashkiliy masalalarni muhokamasiga ilmiy jamoatchilikni jalb etish;
- ilmiy faoliyat natijalarini fan-ta’limning mos tarmoqlariga, o‘quv va ilmiy-ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etishda ishtirok etish;
- dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar ToshDO‘TU Ilmiy kengashida muhokama etilganidan keyin, ushbu hujjatlar ToshDO‘TAU ilmiy-texnikaviy Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi, ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarni attestatsiya ishiga ilova qilish uchun berishni ta’minlash;
- ToshDO‘TAUning ilmiy-texnikaviy kengashi faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:
- ilmiy tadqiqotlar loyihalarini olib borish va Respublikada mos sohalardagi talabni hisobga olib, ToshDO‘TAUning asosiy ilmiy-tadqiqot faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
- yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuchilarni faolligini oshirish, shuningdek iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga keng jalb etishlarini ta’minlash;
- fan, ta’lim va ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-pedagogik xodimlarni imkon qadar keng jalb etish;
- ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiya va risolalarning sifati va ularning mazmunini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda xulosa berish;
- ToshDO‘TAUning ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategik rejasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek yangi kalendar yil uchun ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bo‘yicha taklif berish;
- kompleks ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari va innovatsion loyihalarini bajarishda kafedralar ishini muvofiqlashtirish;
- ToshDO‘TAUning kafedralari rivojlanish istiqbollarini, ularda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishlarini, ularning universitet ta’lim dasturlari va mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishiga mos kelishini aniqlash bo‘yicha takliflar berish;
- bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini baholash va tahlil qilish, shuningdek kafedralarning yillik rejalaridagi ilmiy ish yakunlarini monitoring qilish;
- o‘quv-ilmiy, ilmiy-amaliy laboratoriyalarni tashkil etilishini maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish, ularning rejalari va hisobotlarni tasdiqlash;
- ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlari va innovatsion loyihalarning natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish va baholash, shuningdek ularni davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish;
- chop etishga tayyorlangan ilmiy ishlarni va maqolalarni muhokama qilish va ekespert xulosasini berish;
- ilmiy-tadqiqotlar olib borish bazasidan foydalanish samarasini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlarini davriy ravishda eshitib borish va monitoring qilish;
- fakultetlar, kafedralar ilmiy seminarlar ish faoliyati bo‘yicha xisobotlarni eshitib borish va monitoring qilish;
- muhokama qilinishi kerak bo‘lgan takliflar, loyihalar va boshqalar bo‘yicha xulosa tayyorlash uchun ekspert guruhlarini shakllantiish;
- “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallarining faoliyati, xususan chop etiladigan maqolalarning sifati va mazmunini nazorat qilish;
- “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallariga kelib tushadigan maqolalarni tahlil qilib beruvchi ekspertlar va professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda rag‘batlantirish;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti universitetining Ilmiy-texnikaviy
kengashi to‘g‘risida NIZOMiga 1-ilova. Ilova
ToshDO‘TAU Kengashining 2023-yil 25-apreldagi
№ 1-son qarori bilan tasdiqlangan
Universitet rektorining 2023-yil 30-sentabr 01-228 sonli buyrug'i
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashi a’zolari ro‘yxati
| T/r | ITK a’zolarining F.I.O. | Lavozimi, ilmiy darajasi | Ixtisosligi | 
| 1. | Dadaboyev Hamidulla Aripovich | Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi professori, f.f.d., ITK raisi | 10.00.01-O‘zbek tili.10.00.11-Til nazaryasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi | 
| 2. | Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich | Rektor, f.f.d., professor,ITK rais o‘rinbosari | 10.00.10-Matinshunoslikva adabiy manbashunoslik, 10.00.06- Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 
| 3. | Azimova Iroda Alisherovna | Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri f.f.n. dotsent, ITK kotibi | 10.00.01-O‘zbek tili.10.00.11-Til nazaryasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi | 
| 4. | Mirzaeva Zulxumor Inomovna | Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi rahbari, f.f.d., professor v.b.,a’zo | 10.00.02- O‘zbek adabiyoti | 
| 5. | Husanov Nishonboy Abdusattorovich | O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. professor, a’zo | 10.00.01-O‘zbek tili | 
| 6. | Chinikulov Nurmurot Djumamurotovich | Masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri, f.f.n. dotsent, a’zo | 10.00.01-O‘zbek tili | 
| 7. | Jamoldinova OdinaxonRasulovna | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, p.f.d., professor, a’zo | 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi | 
| 8. | Normurodova Nozliya Zarilovna | Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, f.f.d., dotsent, a’zo | 10.00.06- Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik10.00.04-Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti | 
| 9. | Ashirboyev Samixon | Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri, f.f.d., professor, a’zo | 10.00.01-O‘zbek tili | 
| 10. | Elov Botir Boltayevich | Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent, a’zo | 05.01.10-Axborot olish tizimlari va jarayonlari | 
| 11. | Jabborov Nurboy Abdulhakimovich | O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor, a’zo | 10.00.02- O‘zbek adabiyoti 10.00.10-Matinshunoslikva adabiy manbashunoslik | 
| 12. | Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich | Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, f.f.d., professor v.b., a’zo | 10.00.02- O‘zbek adabiyoti | 
| 13. | Karimov Bahodir Nurmetovich | Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, f.f.d., professor, a’zo | 10.00.02- O‘zbek adabiyoti | 
| 14. | Muxamedova Saodat Xudoyberdievna | O‘zbek tili ta’limi fakulteti dekani, f.f.d., professor, a’zo | 10.00.01-O‘zbek tili | 
| 15. | Niyozmetova Roza Xasanovna | Ona tili va adabiyot ta’limi kafedrasi professori, p.f.d., a’zo | 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (o‘zbek tili) | 
| 16. | Abdushukurov Baxtiyor Buronovich | O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani, f.f.d., professor, a’zo | 10.00.05-Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti | 
| 17. | Xolmanova Zulxumor Turdiyevna | O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor, a’zo | 10.00.01-O‘zbek tili | 
| 18. | Yusupova Dilnavoz Rahmonovna | O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi professori, f.f.d., a’zo | 10.00.06- Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 
| 19. | Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich | Ona tili va adabiyot ta’limi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor, a’zo | 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) | 

 
						 
						 
						 
						 
						 
						