Yangiliklar

img
Sat, 01/29/2022 - 11:40

Xalqaro ilmiy webinar

2022-yil 29-yanvar kuni  “El-yurt umidi” jamg’armasi  va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida  “AQShda chet tillarini oʻqitish tajribasidan: oʻzbek tili misolida” mavzusida Xalqaro ilmiy webinar o‘tkazildi. Vebinar iishida  "El-yurt umidi" jamgʻarmasi  Xorijda faoliyat yuritayotgan va qimmatli tajribaga ega boʻlgan vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻlimi boshligʻi  J.Quryozov,  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti univetsiteti Amaliy filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor S.X.Muhamedovalar  o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Unda asosiy ma’ruzachi sifatida  Indiana universitetining “Til mukammalligi va texnologiyalari  markazi”da o’z mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshimiz U.Hikmatillayeva taqdimot qildi va qatnashuvchilarning barcha savollariga batafsil javob berdi.
Interaktiv tarzda o‘tkazilgan vebinarda 100dan oshiq ishtirokchi qatnashdi.