O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi

img

 

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi 2023-yilda tashkil etilgan. Oʻzbek tili va adabiyoti  kafedrasi o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy muammolari tadqiqi, xususan, adabiyot tarixi, oʻzbek tili tarixining nazariy masalalari, hozirgi adabiy jarayon, tilshunoslikning zamonaviy yoʻnalishlarini tadqiq etish masalasi kabi muammolarni o‘rganishga ixtisoslashgan. Kafedrada adabiyotshunoslik va tilshunoslik sohasida  Hamidjon Homidiy, Qozoqboy Yoʻldoshev, Nusratullo Jumaxoʻja, Nishonboy Xusanov, Hoshimjon Ahmedov kabi yetuk olimlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda. Kafedra mudiri: pedagogika fanlari  doktori, professor Yoʻldoshev Qozoqboy Boybekovich.


Kafedra tarkibi: asosiy shtatda jami 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan: 6 nafar fan doktori, 8 nafar filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi.
Kafedra ilmiy salohiyati: 61 % 
Kafedra ustuvor yo‘nalishlari:

“Filologiya ilmiga zamonaviy yondashuvlar” tarzida belgilangan. Kafedra  tilshunoslik va adabiyotshunoslik yoʻnalishidagi muammolar tadqiqi, xususan, zamonaviy tilshunoslik, hozirgi adabiy jarayon,  adabiy tanqid, mumtoz poetika, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari kabi masalalarga ixtisoslashgan: 

1. Kafedraga tegishli fanlar yuzasidan talabalarga zamon talabi darajasida saboq berish.

2. Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari yuzasidan tizimli ravishda tadqiqotlar olib borish. 

3. Oʻzbek mumtoz adabiyotiga doir ilmiy izlanishlarni izchillik bilan davom ettirish. 

4. Adabiy merosga yondashuvning mumtoz an’ana va zamonaviy yutuqlar uyg‘unligiga asoslangan qonuniyatlarini takomillashtirish, nazariy-tajribaviy natijalarni ilmiy muomalaga kiritib borish.

5. Zamonaviy oʻzbek adabiyotining dolzarb muammolari yuzasidan muntazam ravishda ilmiy tadqiqotlar qilish. 

6. Hozirgi adabiy jarayonga tegishli qonuniyatlarni aniqlash yuzasidan tizimli ilmiy izlanishlar olib borish.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun:  60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
Magistratura mutaxassisliklari uchun: 70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti
Tayanch doktorantura:  10.00.02 - O‘zbek adabiyoti                                             

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

1. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.

2. O‘qitishning yangi zamonaviy usullari va texnologiyalarini tadqiq qilish.

3. Global ta’limda yuz berayotgan muammolarni tahlil qilish.

4. Adabiyot o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish.

5. O‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi asarlarning qisqacha sharhini yaratish.

6. Adabiy  asarlarni ta’lim bosqichlariga mos ravishda tasniflash.

7. Muayyan ijodkorlar ijodini o‘rganiish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar, ko‘rsatmalar  ishlab chiqish.

8. Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.

9. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi professional metodist o‘qituvchi-professorlari bilan xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish.

10. Xalqaro seminarlar tashkil etish va ushbu yo‘nalishda uzluksiz  hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:   60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti;

Magistratura mutaxassisligi:   70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti;

Tayanch doktorantura:            13.00.02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti).

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:
1.Adabiyotshunoslik asoslari  (1-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
2.Tilshunoslik asoslari (1,2,3-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
3.Tilshunoslik nazariyasi (4-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
4. Hozirgi oʻzbek adabiy tili (1,2,3-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
5. Davlat tilida ish yuritish  (1,2,3-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
6. Oʻzbek adabiyoti (1-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
7. Oʻzbek adabiyoti ta’limi (2,3-kurs 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
8. Sotsiolingvistika (2-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
9. Adabiyotshunoslik nazariyasi (4-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
10. Oʻzbek tili tarixi (3-kurs, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti)
 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar