Muhim masalalar muhokama etildi
2022-yil 27-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda universitet hayotiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Kengash yig'ilishida universitet rektori Sh.S.Sirojiddinov bir qator o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy, maʼnaviy masalalarga e'tiborni qaratdi. Jumladan, darslarning onlaynga o'tishi munosabati bilan o'quv tizimini to'g'ri muvofiqlashtirish, professor-o'qituvchilarga darslarni to'liq va sifatli o'qitilishini ta'minlash, buning uchun universitetda shart-sharoti yaratish, darsdan tashqari paytda ilmiy izlanishlarni olib borilishini aytib oʻtdi. Shu bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy masalalarni tashkil etish borasida qator fikrlarini bildirildi. Ba'zi yo'nalishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig'ilishda attestatsiya natijalari haqida o'quv ishlari prorektori S.Normamatovning, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi 2021-2022-o'quv yili ish rejasining 1-yarim yillikdagi ijrosi haqida O.Sunnatovning, o'quv metodik bo'limi 2021-2022-o'quv yili ish rejasining 1-yarim yillikdagi ijrosi haqida o'quv bo'limi boshlig'i V.Nazarovning, magistratura bo'limining 2021-2022-o'quv yili 1-yarim yillikdagi faoliyati haqida magistratura bo'limi boshlig'i R.Yarkulovning, yoshlar bilan ishlash hamda maʻnaviyat va maʻrifat bo'limining 2021-2022-o'quv yili 1-yarim yillikdagi faoliyati haqida yoshlar masalalari bilan ishlash va maʼnaviyat va maʼrifat bo'limi boshlig'i A.Ikromovning hisobotlari tinglandi.
Yig'ilishda, shuningdek, universitetning yangi veb-sayti ishga tushganligi va uni mazmunli kontent bilan boyitib borish, professor-o'qituvchilarning ilmiy tadqiqotlarini veb-saytga o'z vaqtida sifatli yuklab borishini taʼminlash masalalari hamda ijro intizomi masalalari muhokama qilindi.
Yig'ilish yakunida bir qancha tegishli qarorlar qabul qilindi.