Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

img

Sunnatov Ortik Murodovich

Tug‘ilgan sanasi: 23.03.1977

Millati: O‘zbek

E-mail:  osunnatov@navoiy-uni.uz

Kontakt: +99871 281 42 86

Qabul kunlari: 9:00 - 17:00

Dushanba-Shanba

MA'LUMOT

  • 1. ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tizimli tahlil qilish;
  • 2. ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish;
  • 3. talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish;
  • 4. universitet professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish;
  • 5. o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganish;
  • 6. ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtirokini o‘rganish;
  • 7. universitet tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qilish;
  • 8. ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini o‘rganish;
  • 9. talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishda joriy qilinganligini o‘rganish;
  • 10. professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlashda ishtirok etish;
  • 11. yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligi va uning natijalarini tahlil qilish;
  • 12. universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash;
  • 13. universitetda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qilish.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
Sunnatov Ortik Murodovich
Tug‘ilgan sanasi:
13.03.1977
Millati: O‘zbek
E-mail:  osunnatov@navoiy-uni.uz
Kontakt: +99871 281 42 86
Qabul kunlari: 9:00 - 17:00
Dushanba-Shanba
Ta’lim:
1994-1999 - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston. INGLIZ VA ARAB TILLARI TARJIMON-REFERENTI
Ish faoliyati:
1999-2000
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. O‘qituvchi
2001-2003 
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti. O‘qituvchi
2004-2009
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. Katta o‘qituvchi 
2009 – 2016
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. Bo‘lim boshlig‘i
2016 – 2017
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Dekan o‘rinbosari
2018 – hozirgi paytgacha
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
Hozirgi ish joyi:
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” tashkil etilgan. Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat. 
Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

Bo‘limning manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 103-uy, A blok 216-xona
Telefon raqam: 71 281-42-86
Elektron pochta manzili: tsnqbnavoiy@umail.uz

Bo‘lim boshqaruvi

  • • Bo‘lim 3 nafar xodim: bo‘lim boshlig‘i va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat.
  • • Bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassislari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan  kelishilgan holda universitet rektori buyrug‘iga asosan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
  • • Bo‘lim faoliyatiga bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. Bo‘lim boshlig‘ining lavozimi dekan lavozimiga tenglashtiriladi.
  • • Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish rektor tomonidan bo‘limning bosh mutaxassislaridan biriga yuklatiladi.
  • • Bo‘limga ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar, shuningdek, ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lgan shaxslar ishga qabul qilinadi.

Bo‘limning manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 103-uy, A blok 422-xona
Telefon raqam: 71 281-42-86
Elektron pochta manzili: tsnqbnavoiy@umail.uz