Sirtqi bo‘lim

img

Chinikulov Nurmurot Djumamurotovich

Tug‘ilgan sanasi: 22.03.1963

Millati: O‘zbek

E-mail: chinnikulov@navoiy-uni.uz

Kontakt: +998 71 281 51 89

Qabul kunlari: 9:00 - 17:00

Dushanba-juma

MA'LUMOT

  • Davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etish;
  • kadrlar iste’molchilari umumta’lim maktablari va tashkilotlar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
  • talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha ish joylari bilan monitoringni yuritish;
  • Mazkur Nizom va universitet Ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
  • Me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yuritish;
  • Universitet Kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
  • Bo‘lim xodimlari Universitet rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi.
  • Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.

Ta’lim:

1984-1990

Tamomlagan:  Toshkent davlat universiteti (kechki) filolog, ozbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi

Ish faoliyati:

2009 – 2010

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Ta’lim standartlarini takomillashtirish va ilg‘or pedagogika texnologiyalarni joriy etish bo‘limi. Bosh mutaxassisi

2010 – 2011

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Ta’lim standartlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish boshqarmasi. boshlig‘i o‘rinbosari

2011 – 2017

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va ta’lim yo‘nalishlarini birxillashtirish boshqarmasi. Bosh mutaxassisi

2017 – 2018

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish” fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2018 – hozirgi paytgacha

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i

Hozirgi ish joyi:

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i

Sirtqi bo‘lim

Sirtqi bo‘lim universitet boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uning faoliyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim - tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma xisoblanadi.

О‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, bugungi kun davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar tayyorlash;

 umumta’lim maktablari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish;

Mehnat bozori talablariga javob beradigan yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi fan va ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ustaviga asosan faoliyat yuritadi.

Bo‘limning vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan tegishli vazifalar va ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish  tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son qarori bilan tasdiqlangan  “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM” asosida o‘quv jarayonini tashkil etish;
  • sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
  • o‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqlash;
  • talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
  • mehnat muhofazasi, texnika va yongin xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni, bo‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
  • o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida virtual aloqa yaratish (elektron pochta almashinuvi universitet sayti orqali aloqa, videokonferensiya) choralarini ko‘rish;
  • sirtqi bo‘lim talabalarning ish joylari bilan aloqalarni o‘rnatish va ularning doimiy nazorat monitoringini yuritish;
  • oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qilish va amalga oshirish;
  • talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarni taqsimlash;
  • sirtqi bo‘limning universitetning boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash.

Bo‘limning huquq va majburiyatlari.

Bo‘limining vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda ijro organlari, shuningdek universitet fakultetlari, kafedralar bilan aloqa bog‘lash.