Baxtiyor Mengliyev ilmiy maktabi

Filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyevning ilmiy maktabi

DSC_0125 (2)

        Substansial-pragmatik aspektda olib borilayotgan tadqiqotlar bevosita amaliy tatbiqqa ega. O‘zbek tilidan muloqot jarayonida amaliy foydalanishning nazariy asoslari yaratildi, innovatsion asoslari ishlab chiqildi, amaliy tavsiyalar berilmoqda. Shu asosda ona tili ta’limi uchun nutqiy faoliyat samadorligini oshirishni ta’minlaydigan ilmiy mexanizm ishlab chiqildi. O‘quv lug‘atlari, morfologik lug‘at va morfoanalizator, sintaktik analizator, semantik analizator yaratildi. O‘zbek tili milliy korpusining tarkibiy qismi – ta’limiy korpus vujudga keldi. O‘zbek tilshunosligining substansial-pragmatik yo‘nalishi ona tilidan amalda foydalanish samaradorligini ta’minlashga to‘laqonli xizmat qiladigan lingvistik ta’minotni, ma’lumotlar bankini vujudga keltirish, buning uchun tilshunoslikning barcha bo’limlarini yaxlit holda qamrab oladigan fundamental, innovatsion, amaliy ahamiyatga ega tadqiqotlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
      O‘zbek substansial-pragmatik tilshunosligi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda: o‘zbek tilini “lison-nutq” tamoyili asosida o‘rganish, milliy leksikografiya va terminologiya, o‘zbek o‘quv lug‘atchiligi, o‘zbek korpus tilshunosligi, o‘zbek lingvoma’naviyatshunosligi, o‘zbek lingvodidaktikasi, lingvistik ekspertiza masalalari.
      Natijada o‘zbek tilshunosligida nutq samaradorligiga erishishning amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy maktabning nazariy asoslari yaratildi. Bugun ushbu umumiy g‘oya doirasida 25 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) va 7 nafar fan doktori (DSc) tayyorlandi.